Gender tenglik
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ayollarning ish faoliyatlatlarini samaradorligini oshirish maqsadida “Ayollar Klubi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kulub doirasida turli seminar va treninglar, o‘z kasbini faol va etuk mutaxassisi bo‘lgan psixologlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilib ayollarning bugungi kundagi ko‘plab savol va muommolarga yechim topishlarida amaliy yordam berilganligini aytish mumkin.
Ayollarning hayot tarzlarini yaxshilash hamda ularga madaniy xordiq ulashish maqsadida dam olish maskanlarida turli xil tadbirlar o‘tkazilgan,va o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 7 martdagi PF-87-son farmoning 10-bandi ijrosi yuzasidan vazirlik huzuridagi tashkilotlar hamda quyi bo‘linmalardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jumladan, vazirlik markaziy apparatida ishlayotgan hodimlarning 30 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.
Hozirgi kunga kelib vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan ayollaning aksariyati boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa turli xil lavozimlarni egallab kasbiy malakasini oshirib kelmoqdalar.
Ularni rag‘barlantirish va olib borayotgan sayi harakatlarini odilona baholash bilan bir qatorda ayol hodimlarni ko‘krak nishoni va boshqa mukofatlar bilan taqdirlanganlari alohida taqsinga sazovor.