Atmosfera havosi va ozon qatlami
Atmosfera havosi muhofazasini ta’minlash bo‘limi
Atmosfera havosi muhofazasini ta‘minlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Ekologiya vazirligi deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining buyruq va topshiriqlari asosida ish olib boradi.
Atmosfera havosi muhofazasini ta’minlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya epidemologiya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l Harakati Xavfsizligi boshqarmasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Atmosfera havosi muhofazasini ta’minlash bo‘limi jamoat tashkilotlari va aholi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ularga metodik yordam beradi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi inspektorlarning ishlarini birgalikda tashkil qiladi va amaliy yordam beradi.