
Ekologik nazorat

Faoliyat haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son Qaroriga muvofiq:
Ekologiya vazirligi tarkibidagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi tashkil etilgan.