![Ekologik me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘kazishda qanday talablar belgilangan?](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Ff8e06a9a-fae3-6d20-50a1-1e3455ac73af_news_lang_.jpg&w=1080&q=75)
Ekologik ekspertiza
![Ekologik ekspertiza](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F0cc4b932-731f-b2d4-35f3-d71a5bccb85a_activity_339.jpg&w=1920&q=75)
Faoliyat haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, respublika hududida rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash majburiy hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hisoblanib davlat ekologik ekspertizasi vazirlik tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tarkibida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalari 100 foiz davlat ulushi hisobidan ta’sis etilgan.
O‘zbekistonda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bundan 23 yil avval, ya’ni 1997 yili joriy etilgan. Aytish kerakki, o‘tgan yillar davomida ushbu yo‘nalishda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUK tomonidan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, III, IV-toifalariga mansub bo‘lgan korxona va tashkilotlarning 21043 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan, 4 269 tasiga esa xulosalar qayta ishlash uchun qaytarilgan.