Bo‘sh ish o‘rinlari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Sizni Qo‘mita tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi:
| Ma'lumotlarni boshqarish va raqamlashtirish bo‘limi:Bosh mutaxassis (havola) Suhbat savollari (havola) |
| Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi markaziy apparati va tizim tashkilotlaridagi vakant lavozimlar to‘g‘risida MA'LUMOT |
|
|
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni hamda Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz dasturiy-apparat kompleksiga;
- Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 207-07-70 (#5015, #1117).
