Hay’at

Hay’atning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatining, ekologiya sohasini rivojlantirishning, ilmiy-texnik yutuqlaridan keng miqyosida foydalanishning, idoralararo va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi hay’ati a’zolarining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2024-yil 10-oktabrdagi VMQ-659-son qaroriga asosan amalga oshiradi, shuningdek Qo‘mitaning eng muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalari hamda boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vaqtida, jamoa bo‘lib, malakali va haqqoniy ko‘rib chiqishdan hamda konstruktiv yechimlar qabul qilishdan iborat.
Hay’at o‘z qarorlari bilan ekologiya sohasidagi davlat va boshqa tashkilotlar jamoalarini sohadagi o‘zgarishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni metodologik amalga oshirishga, korxonalar faoliyatida samaradorlik va sifatning ilog‘or darajalariga erishish maqsadida bozor munosabatlarini va bu bilan bog‘liq ishlashning yangi turlari va shakllarini joriy qilishga yo‘naltiradi
