Funksional vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati:
Ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, takror ko‘paytirish, shuningdek, atrof-tabiiy muhit va iqlim o‘zgarishi monitoringi sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, gidrometeorologiya va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi;
Ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi;
Ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda uning faoliyatiga ushbu mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi;
Qonunosti hujjatlarida belgilangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgungacha, bevosita Ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Ekologiya qo‘mitasining joriy faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi;
Ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Quyidagilar Ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, takror ko‘paytirish, chiqindilarni boshqarish va aylanma (tsirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, qayta tiklash, takror ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni yaratish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilmasligini ta’minlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, ekologik ta’lim va ma’rifat tizimini tashkil etish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat ekologik nazorati va gidrometeorologiya, o‘rmon xo‘jaligi sohalariga zamonaviy raqamli texnologiyalar va dasturlarni joriy etish;
ekologik ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish masalalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi, gidrometeorologiya, atrof-muhitning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi monitoringi sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va boshqa majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
Ekologiya qo‘mitasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ekologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(a) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, takror ko‘paytirish, chiqindilarni boshqarish va aylanma (tsirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
hayvonot va o‘simlik dunyosidan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
jonli tabiatning turlari va genetik fondi, ekologik tizimlar, landshaftlar va noyob tabiiy obyektlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan yagona davlat siyosatining ustuvor va strategik yo‘nalishlarini shakllantirish va amalga oshirish;
davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yagona davlat ekologik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilishni tashkil etish, Ekologiya qo‘mitasi tizimida korrupsiyaga olib keladigan holatlarning oldini olish, jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini hisobga olgan va ilmiy asoslangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ekologiya qo‘mitasi tizimida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri, atrof tabiiy muhit sifatining ekologik xavfsizligi, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni nazarda tutuvchi normativ va standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ekologik sertifikatlashtirish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda ishtirok etish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishida normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
boshqa davlat organlari bilan birgalikda tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda qonunosti hujjatlarini takomillashtirish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi hamda gidrometeorologiya sohasida takliflar ishlab chiqish va tegishli vakolatli organlarga kiritish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda atrof tabiiy muhitni, ekologik tizimlarni muhofaza qilish va tiklash, hududlarni, shu jumladan, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida davlat dasturlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish;
atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish.
«Yashil» rivojlanish tamoyillarini joriy etish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha davlat dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha issiqxona gazlari tashlamalarini miqdoriy baholash va tekshirishni tashkil etish;
issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish, shu jumladan, ichki va tashqi bozorlarda uglerod (emissiya) kvotalari bo‘yicha savdoni tartibga solish bo‘yicha bozor vositalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatiga nisbatan «Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG)» nomoliyaviy hisobotini ishlab chiqish va baholashga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi, gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va chiqindilarni boshqarish sohasidagi yillik investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
milliy ahamiyatga molik tabiiy meros obyektlari, shu jumladan, noyob va takrorlanmas ekologik tizimlar, biologik xilma-xillik turlari va tabiiy landshaftlar ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;
O‘zbekiston milliy tabiiy merosi obyektlari hamda har tomonlama beqiyos qimmatga ega bo‘lgan boshqa tabiiy obyektlarni (hududlarni) YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga va boshqa xalqaro vakillik ro‘yxatlariga kiritish uchun YUNESKOning Umumjahon merosi qo‘mitasiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga taqdim etish;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshiriladigan hududlarni belgilash;
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi faoliyatini ta’minlash;
(b) o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, qayta tiklash, takror ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni yaratish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatining ustuvor va strategik yo‘nalishlarini shakllantirish va amalga oshirish, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘rmon barpo etish orqali ularning maydonlarini kengaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
o‘rmon to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
barcha o‘rmonlarda o‘rmon tuzishning yagona tizimini belgilash;
o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil etish;
cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil etish;
o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qat’iy hisobini yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklarni to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni yaratish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
(v) gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
tizimli gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi ustidan kuzatuvlar o‘tkazish;
meteorologik va gidrologik prognoz ma’lumotlarni tayyorlash, atmosferaning ifloslanish darajasi prognozlari, shuningdek, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi, ob-havoning keskin o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning yuqori va ekstremal yuqori ifloslanish darajasi to‘g‘risida oldindan ogohlantirishlar tuzish va berish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;
respublikada xalqaro va fuqaro aviatsiyasi meteorologik ta’minotini tashkil qilish va taqdim etish;
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish;
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologik axborot davlat fondini shakllantirish, to‘ldirish, saqlash va undan foydalanishni ta’minlash;
gidrometeorologik kuzatuvlarning davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiya qilishni ta’minlash;
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati obyektlaridan olisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joylashgan atrof tabiiy muhitning barcha obyektlarida ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi darajasining uzoq muddatli tizimli kuzatuvi tarzidagi fon monitoringini amalga oshirish;
gidrometeorologik axborot tayyorlash hamda atrof tabiiy muhit holati va ifloslanishining monitoringi xalqaro tizimlarini muvofiqlashtirish va integratsiya qilish;
(g) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
davlat ekologik nazorati sohasidagi boshqa maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat ekologik nazoratida ishtirok etish uchun idoraviy va ishlab chiqarish ekologik xizmatlarini jalb qilish;
idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan noo‘qilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni va xabardor qilish tartib tamoyillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, shuningdek, ularning hisobini yuritish;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida davlat kadastri va monitoringini yuritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof-muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
davlat ekologik nazorati natijalarini to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish va ekologik nazorat tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
(d) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilmasligini ta’minlash sohasida:
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
tabiatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarning hisobini yuritish va ma’lumotlarini tahlil qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkil etish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda atrof-muhitni ifloslantirganlik va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirish;
atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida, shuningdek, atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
(j) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, ekologik ta’lim va ma’rifat tizimini tashkil etish sohasida:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida aholi bilan ochiq muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, Ekologiya qo‘mitasi tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
Ekologiya qo‘mitasi tizimi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish;
zarur axborot-tahliliy ma’lumotlarni hamda ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida va boshqa axborot resurslarida joylashtirishni tashkil etish;
Ekologiya qo‘mitasida jamoatchilik kengashi va boshqa maslahat-ekspert organlari faoliyatini tashkil etish, dolzarb ekologik muammolarni muhokama qilish va amaliy takliflar ishlab chiqish, shu jumladan, tegishli davlat dasturlariga kiritish, ularda fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va olimlarning ishtirokini ta’minlash;
ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda aholining atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish;
aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlariga atrof-muhitning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni tizimli ravishda taqdim etish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish.
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, uni muvofiqlashtirish, ushbu tizim samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rish, shu jumladan, nazoratchilarni o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim va ko‘nikmalarga bepul o‘qitishni tashkil etish, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda mukofot to‘lovlarini amalga oshirish;
atrof-muhitni asrashga oid tashkil etilishi rejalashtirilgan aksiyalar va loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, faol volontyorlarni rag‘batlantirish tartibi va volontyorlar jalb etiladigan yo‘nalishlar ro‘yxatini maxsus platformaga joylashtirib borish;
aholi va keng jamoatchilik o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasining ekologik brendini targ‘ib qilish;
maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va ta’lim tizimini tashkil etish hamda rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targ‘ib qilish ishlarining olib borilishini ta’minlash;
yosh avlodda tabiatga muhabbatni uyg‘otish, ularni tabiat himoyachisi etib tarbiyalash maqsadida respublika ta’lim muassasalarida davlat organlari bilan birgalikda «Yosh ekologlar» yoshlar ekologik harakatini rivojlantirish;
tumanlar, shaharlar va respublika darajasida ekologiya masalalari bo‘yicha innovatsion va intellektual loyihalar tanlovlarini o‘tkazish, tabiatni muhofaza qilish sohasida muhim ekologik sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarni doimiy asosda tashkil etish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, mamlakatimiz tabiiy resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, kundalik hayot va mehnat faoliyatida unga zarar yetkazilishining oldini olish muhimligini targ‘ib qiluvchi, shuningdek, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralarining mohiyati va mazmunini aks ettiruvchi qisqa metrajli videofilmlar, hujjatli filmlar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega audio-video materiallar yaratish;
(z) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat ekologik nazorati va gidrometeorologiya, o‘rmon xo‘jaligi sohalarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va dasturlarni joriy etish sohasida:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, gidrometeorologiya, shuningdek, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, uning ochiqligini ta’minlash, inson omilini va ma’muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida monitoring va davlat ekologik nazorati jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini ushbu xizmatlar sifati va ulardan foydalanish qulayligini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
axborot almashinuvining tahlili samaradorligini, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va gidrometeorologiya sohasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha vaziyat markazi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish;
raqamli axborot-kutubxona va arxiv fondlarini shakllantirish va yuritish, ularning ichki va idoralararo integratsiyalashuvini ta’minlash;
raqamli va telekommunikatsiya infratuzilmasining texnologik va axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(i) ekologik ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish masalalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, gidrometeorologiya, o‘rmon xo‘jaligi sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish;
Ekologiya qo‘mitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mutaxassisliklariga talablar belgilash, samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish.
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni boshqarish va barqaror rivojlanish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro innovatsion tizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi bilimlarni tatbiq etish va fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi va gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun uzluksiz ta’lim tizimini, shuningdek, boshqaruv xodimlari uchun maxsus ta’lim dasturlarini yaratish;
ilmiy-tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiya qilish, klaster asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish, akademik va kasbiy tajriba almashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini joriy qilish;
ekologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini muvofiqlashtirish, mahalliy va xorijiy ekspert va ilmiy-akademik doiralarni jalb qilgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga ko‘maklashish;
o‘rmon xo‘jaligi hududlarida, shu jumladan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlarni yaratish uchun loyiha-tadqiqot ishlari tizimini rivojlantirish;
noshirlik faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatchilikni dolzarb ekologik muammolardan xabardor qilish uchun ilmiy-ommabop va tahliliy materiallar tayyorlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining nashr etilishini ta’minlash;
hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, shuningdek, boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;
atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida milliy ma’ruzalarni muntazam tayyorlash va chop etish;
(k) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi, gidrometeorologiya, atrof-muhitning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi monitoringi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va boshqa majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, gidrometeorologiya, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi monitoringi, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
iqtisodiy mexanizmlarni, shuningdek, gidrometeorologik faoliyatni joriy etish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, ekologik sertifikatlashtirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish;
donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha xalqaro aloqalarni amalga oshirish;
Ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlarini xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish va rag‘batlantirish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, gidrometeorologiya va Ekologiya qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar, loyiha va dasturlarda ishtirok etishni tashkil etish va ta’minlash;
dolzarb ekologik muammolar, shu jumladan, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasini rivojlantirish yuzasidan respublikada va xorijda konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish;
Ekologiya qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari bajarilishi va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Ekologiya qo‘mitasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ekologiya qo‘mitasi vazirlik, idora, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan quyidagilar to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi:
ushbu organlarning faoliyatida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida aniqlangan qonunbuzarliklarni, tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish;
meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish;
tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, utilizatsiya yig‘imlari, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari intizomiga amal qilish.
Ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalari va bo‘ysunuvchi tashkilotlarning vazifa va funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, Rais tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Asos
