Ekologik sertifikatsiya
Faoliyat haqida
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (keyinchalik matnda – Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofazaqilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qaror va farmoyishlari, Ustav va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 188-i-sonli qaroriga muvofiq (1996 yil 7 mayda kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konventsiyasiga qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 apreldagi 1670-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Evro 2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Yo‘riqnoma” asosida muvofiqlik tug‘risidagi ekologik sertifikat DUK “Davekosertifikat” tomonidan beriladi. (Izoh: “Evro-3” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablari 2010 yildan joriy qilingan).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi 2020 yil 30 yanvardagi VMQ-50-son qarori loyihasi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida" 2020 yil 18 fevraldagi VQM-95-son ligi qarori tasdiqlandi.
Mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 1997 yil 31 oktyabrdagi 54-sonli qarori bilan tashkil yetilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq, Ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va normallashtirish Bosh Davlat boshqarmasi Ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish davlat markazi deb qayta nomlangan.
Ekologik sertifikat – bu ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan tabiiy resurslardan foydalanuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u mahsulotning ekologik jihatdan xavfsiz ekanligini va ekologik sertifikatlashtirish ob’ekti amaldagi me’yoriy hujjatlar yoki normativ-huquqiy hujjatlarning talablari va me’yorlariga javob berishini ko‘rsatadi.