Reglament

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
tizimdagi korxonalar “Ishonch telefoni-1157” orqali qabul qilish davlat xizmati
R E G L A M E N T I
I. XIZMAT KO‘RSATISH MAZMUNI
1.1. Xizmat ko‘rsatish nomi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimdagi korxonalar “ishonch telefoni-1157” orqali qabul qilish.
1.2. Xizmat ko‘rsatish natijasi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimdagi korxonalar “Ishonch telefoni-1157”ga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va ijroga qaratish.
1.3. Xizmat ko‘rsatuvchi organ
“Ishonch telefoni-1157” orqali murojaatlarini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasini boshqarmalari, tizimidagi korxonalar va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
1.4. Huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda qonun deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi) tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi (bundan buyon matnda Qo'mita deb yuritiladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaat deb yuritiladi)
bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi.
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi hamda uning tizimidagi muassasalarning iste’molchilari, jismoniy va yuridik shaxslar, xorijlik yuridik va jismoniy shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
1.6. So‘rovnoma berish muddati
So‘rovnoma berish muddati ko‘zda tutilmagan.
1.7. Ijro muddati
“Ishonch telefoni-1157”ga kelib tushgan murojaatlar o‘sha zahoti qabul qilinadi va 3-5 kun ichuda ko'rib chiqiladi.
1.8. Tasdiqnoma yuborish muddati
“Ishonch telefoni-1157” orqali qilingan murojaatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborish ko‘zda tutilmagan.
II. XIZMATDAN FOYDALANUV CHILARNI XABARDOR QILISH
2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi hamda uning tizimidagi muassasalarning “Ishonch telefom-1157” orqali qabul qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
2.2. Kengaytirilgan holda xabardor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi “Ishonch telefom-1157” raqamlari hamda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ahvoli haqidagi statistik ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining www.gov.uz/eco rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin.
2.3. So‘rov bo‘yicha xabardor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi “Ishonch telefoni-1157”ga qilingan murojaatlar yuzasidan telefon qo‘ng‘irog‘i orqali ma’lumot olish mumkin.
2.4. Xizmat ko‘rsatish joyi haqida xabardor qilish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi korxona-tashkilotlarning “Ishonch telefoni-1157” orqali qabul qilish davlat xizmati markaz va uning tizimidagi korxona-tashkilotlarda o‘rnatilgan “Ishonch telefoni-1157” orqali amalga oshiriladi.
2.5. Foydalanadigan hujjatlar blankalari (shakllari)
Jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi korxona- tashkilotlarning “Ishonch telefoni-1157” orqali murojaat qilganida, ularning murojaatlarini qabul qilish va davlat xizmatidan foydalanishlari uchun tasdiqlangan blanka (forma)lar ishlatilmaydi.
III. XIZMAT KO‘RSATISH
3.1. Ish vaqti
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi “Ishonch telefoni-1157” 24-soat davomida faoliyat ko‘rsatadi.
3.2. Kutish shartlari
“Ishonch telefoni-1157” orqali qilinayotgan murojaatlar o‘sha zahoti qabul qilinadi va kutish ko‘zda tutilmagan. Faqatgina, murojaat qilayotgan abonentlar soni ko‘payib ketgan taqdirda, murojaatchilarning tarmoqda kutib qolishlari bundan mustasno.
3.3. Xizmat ko‘rsatish tartibi
Mazkur xizmat orqali quyidagi yo‘nalishlarda arzli murojaatlar qoldirilishi mumkin:
– Qo'mita va uning tizimidagi tashkilotlarning rasmiy ish tartibi (ish vaqti, hujjat aylanishi, rahbarlar qabuli, ko‘rsatmalar ijrosi) to‘g‘risida ma’lumot so‘rash yoki e’tiroz bildirish;
– Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunbuzarliklar, chiqindilar bilan bog‘liq holatlar, noqonuniy qurilish, daraxt kesilishi, havoning ifloslanishi, suv va yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish holatlari haqida xabar berish (1-ilova);
– Xodimlarning kasbiy malakasi, axloqiy muomalasi, murojaatga munosabati, fuqarolar bilan ishlash sifati yuzasidan fikr yoki shikoyat bildirish;
– Tabiatni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar, tashabbuslar yoki yordam so‘rovlarini taqdim etish.
Shuningdek, xizmat qo'mita faoliyati doirasida ko‘zda tutilgan mavzular bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, mazmunsiz, haqoratli, tuhmat yoki do‘q-po‘pisa ohangidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi mumkin.
IV. XIZMAT KO‘RSATISH TARTIB-TAOMILI
4.1. Talab qilinadigan hujjatlar
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik
shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi kerak.
4.2. Xizmat ko‘rsatish qiymati - Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
4.3. Xizmat ko‘rsatishning bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi korxona tashkilotlarning “Ishonch telefoni- 1157”ga qilingan murojaatlarning mazmun-mohiyati, Gidrometeorologiya xizmati sohasiga daxldor ma’lumotlar, qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’lumotlar, aniq manzili hamda murojaat etuvchining shaxsiy ma’lumotlari so‘rab olingan holda yozib olinadi.
4.4. Xizmat ko‘rsatishning ichki-idoraviy harakatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi korxona tashkilotlarida “Ishonch telefoni- 1157” navbatchi qismda o‘rnatilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qo‘ng‘iroq qilib, qoldirilgan murojaatlar navbatchi qism navbatchisi yoki navbatchi yordamchisi tomonidan murojaat etuvchiga murojaatning qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berib, murojaatning mazmuni, Gidrometeorologiya xizmati sohasidagi qonunchilikning buzilish holati aniq va to‘liq yoritilgan holda ma’lumot hamda murojaat etuvchiga ko‘rilgan choralar haqida rasmiy ravishda javob yuborish uchun uning shaxsi, manzili va telefon raqamlari haqida ma’lumotlar so‘rab olinib, yuritilayotgan “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni qayd qilish kitobiga ro‘yxatga olinadi.
“Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlar yuzasidan Navbatchi qism xodimlari tomonidan murojaatning mazmuni, sodir bo‘lgan qonunbuzarlikning joyi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan holda ma’lumot tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib, Qo'mita tizimidagi mas’ul tashkilot, boshqarma, bo‘lim boshliqlariga taqdim qilinib, ijroga qaratiladi.
4.5. Rad qilish asoslari
Xizmatda rad qilish holatlari ko‘zda tutilmagan.
V. SIFATNI TA’MINLASH
5.1. Sifat ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatilgan xizmatning sifati takroriy murojaatlarning past ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi.
5.2. Xizmatning sifatsizligi bo‘yicha shikoyat qilish
Xizmatdan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasi va uning tizimidagi tassarufiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan sifatsiz xizmat, xizmat ko‘rsatish jarayonlariga rioya qilmaslik holatlari bo‘yicha, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
EKOLOGIK XIZMAT KO'RSATISH YO'NALISHLARI
| 1 | Qo'mita rahbariyati qabuliga yozilish masalasida |
| 2 | Atmosfera havosining ifloslanishi masalasida (chiqindilar, daraxtlar barglarni yoqish) |
| 3 | Daraxt va butalarni noqonuniy kesish va yetkazilgan zararlar masalasida |
| 4 | Manzarali daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalardan saqlash (biologik, kimyoviy) kurashish masalasida |
| 5 | Yer, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishga oid masalalar (qum, shag‘allarni qazib olish) |
| 6 | Suvni ifloslantiruvchi tashlamalar va chiqindilarni tashlash masalasida |
| 7 | Koʻrsatilgan davlat xizmatlarning sifatsizligi masalasida |
| 8 | Mehnat munosabatlariga oid masalalar |
| 9 | Xodimlarning noqonuniy hatti-harakatlari masalasida |
| 10 | Chiqindilarning oʻz vaqtida olib chiqib ketilmaslik masalasida |
| 11 | Chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlanishi masalasida |
| 12 | Chiqindilar bilan bogʻliq qarzdorlik masalasida |
| 13 | Ekologik ekspertiza xulosasiga oid masalalar (qurilish) |
| 14 | Ekologik interaktiv xizmatlar, litsenziyalar, ruxsatnomalarni olish masalasida |
| 15 | Ekologik sertifikatsiya va standartlashtirish masalasida |
| 16 | Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining importi va eksporti masalasida |
| 17 | Oʻsimlik dunyosidan foydalanishga oid masalalar |
| 18 | Hayvonot dunyosiga oid masalalar |
| 19 | Ekologik ta’lim masalasida |
| 20 | Ilmiy ishlanmalar masalasida |
| 21 | Turizm masalasida |
| 22 | Gidrometeorologiya masalasida |
| 23 | Oʻrmon xoʻjaligiga oid masalada |
| 24 | Qoʻriqxonalar, tabiat bogʻlari, pitomniklar, biosfera rezervatlari masalasida |
| 25 | Eko-turizm va ovchilik masalalarida |
| 26 | Ekologik tadbirlar toʻgʻrisida |
| 27 | Ekologik jarimalar masalalarida |
| 28 | Daraxt va butalarni kesish va koʻchirish masalasida |
| 29 | Ekologiya oid takliflar masalasida |
Yuklab olish - Ishonch Telefonining Reglamenti (304 kb)
