Davlat nazorati

Hurmatli litsenziya talabgori !
Sizdan, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining rasmiy sayti orqali Litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartibi haqida diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining rasmiy sayti orqali yuborilgan Litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartibi.
1.Ushbu veb-resurs litsenziyaga talabgorlardan ekologiya sohasida litsenziyalar olish uchun hujjatlarning qabul qilinishi va litsenziya beruvchi organ qarorlarini qabul qilish bo'yicha bildirish xatlarining jo‘natilishini amalga oshirishning maqbul varianti hisoblanadi.
2. Veb-resursga kelib tushgan elektron ko‘rinishdagi hujjatlar avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo'mitasining tegishli bo‘limiga yuboriladi
Ushbu havola orqali murojjat qilishingiz mumkin license.gov.uz
