
Davlat tili va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli va mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi va madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari va qo‘mitaning buyruqlari asosida amalga oshiriladi.


