Qadrli yurtdoşlar!
2026-11-18 11:00:00 / Yangiliklar

Davlat bayroği — xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligimiz va suverenitetimizning yorqin ramzidir. U dunyoning turli burçaklarida Özbekiston nomini, xalqimizning şa’ni va orzu-intilişlarini namoyon etib, qalblarimizda Vatanga daxldorlik va faxr tuyğusini uyğotadi.
Qolaversa, bayroğimiz nafaqat buyuk tariximiz va bunyodkorligimiz, balki musaffo osmon, toza suv, yaşil tabiat va kelajak avlodlar uçun munosib hayot muhitini yaratişdek ulkan mas’uliyatimizni ham eslatib turadi. Zero har bir ekilgan daraxt, asrab-avaylangan suv manbai, musaffo havo uçun qilingan har bir ezgu taşabbus — Vatanimiz bayroği ostida amalga oşirilayotgan bunyodkorlikning muhim qismidir.
Yurtimiz osmoni hamişa musaffo, zaminimiz obod, tabiatimiz yaşil va gözal bölsin! Davlatimiz bayroği dunyo uzra hamişa baland hilpirab, xalqimizning tinçligi, farovonligi va yoruğ kelajagidan darak berib tursin!
Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi jamoasi
