Qo‘mita tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasining
T A R I X I
| 1 |
O‘zbekiston avvalgi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining 1988 yil aprel oyida qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan. |
| 2 |
Ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini tubdan yaxshilash maqsadida va respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik sharoitni yaxshilash, chiqindilarni atrof-muhitga zararli ta’sirini oldini olish va aholi salomatligi, aholi turmush tarzi sifati va darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, chiqindilar bilan ishlash tizimini uzoq vaqt mobaynida yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhit sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024 farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashki etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915 qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirildi. |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Tabiat resurslari vazirligi tashkil etildi. |
| 4 | Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2023 yil 25 yanvardagi PF–14-sonli Farmonga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi negizida Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi (Ekologiya vazirligi) qayta tashkil etildi |
| 5 |
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi negizida Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasining tashkiliy boʼysunuvi oʼzgartirilib, Oʼrmon xoʼjaligi agentligi shaklida qayta tashkil etildi va Ekologiya vazirligi huzuriga oʼtkazildi. |
| 6 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoni bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi. |
