OAVni akkreditatsiyalashga buyurtma

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
T A R T I B I
"Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida", va "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2006-yil 23- noyabrdagi VMQ-243-son qaroriga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning tizimidagi muassasalar faoliyatining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash, Ommaviy axborot vositalari vakillariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, Ommaviy axborot vositalari vakillari vazirlik huzurida onlayn akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Muxbirlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan qaror nizomiga muvofiq tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida o‘z vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan Ommaviy axborot vositalaridan bosh muharrir nomidan rasmiy blankada, imzo va muhr ko‘rsatilgan holda buyurtmanoma yuborilishi lozim.
Ushbu buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
– ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
– ixtisoslashuvi;
– tarqalish hududi;
– elektron pochta manzili;
– tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
– akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
– kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi