Toşkentda VI Xalqaro haykaltaroşlik simpoziumi öz işini yakunladi
2026-11-11 15:30:00 / Yangiliklar
Mazkur xalqaro ijodiy loyiha Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Özbekiston Badiiy akademiyasi hamda Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi hamkorligida taşkil etildi. Ijodiy tanlov natijalariga köra, simpoziumda iştirok etiş uçun 30 ta loyiha saralab olindi. Unda 13 ta xorijiy mamlakatdan 16 nafar va Özbekistondan 14 nafar haykaltaroş qatnaşdi.
Iştirokçilar bu yilgi simpozium doirasida Samarqand viloyatidan keltirilgan tabiiy özbek marmari va metall, şuningdek, yoğoç va polimer materialdan foydalangan holda betakror san’at asarlarini yaratdilar. Asarlarda koinotning çeksizligi, sayyoramiz oldida turgan dolzarb muammolar hamda insoniyat kelajagi kabi keng qamrovli mavzular öz badiiy ifodasini topdi.
Simpozium nafaqat zamonaviy haykaltaroşlikni rivojlantiriş, balki xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlaş, ijodiy tajriba va mahorat almaşiş uçun ham muhim maydon böldi. Ayniqsa, yoş rassomlar va san’at ta’lim muassasalari talabalarining ustalarga assistentlik qilgani ularga amaliy tajriba orttiriş va professional haykaltaroşlik sirlarini örganiş imkonini berdi.
Yakuniy marosim doirasida Kiçik şaklli haykaltaroşlik xalqaro körgazmasi ham oçildi. Unda özbekistonlik hamda avvalgi xalqaro simpoziumlarda iştirok etgan xorijiy ijodkorlarning asarlari namoyiş etildi.
Simpozium davomida yaratilgan haykallar mamlakatimizning madaniy makonini yanada boyitib, jamoat joylariga öziga xos badiiy ruh bağişlaydi. Eng muhimi, uşbu loyiha san’at orqali xalqlarni yaqinlaştiriş, döstlik va ijodiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
