Farğonada nosoz filtr işlatayotgan korxona faoliyati töxtatildi
2026-11-12 11:30:00 / Yangiliklar
Farğona viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.
Reyd davomida Özbekiston tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonasi faoliyati örganildi. Örganiş davomida korxonada çang-gaz tozalovçi filtr nosoz holatda işlayotganligi va atmosfera havosiga zararli taşlamalar çiqarayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirildi va jarima qöllanildi. Korxona faoliyati kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinça töxtatildi.
Ma'lumot uçun, avvalroq Toşkent viloyatida noqonuniy qum-şağal aralaşmasi qazilayotganligi aniqlanib, dalolatnoma rasmiylaştirilgan va avtotransport vositalari jarima maydoniga joylaştirilgan edi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
