Samarqandda daryo özanidan noqonuniy qum-şağal qazib oliş holatlari aniqlandi
2026-11-13 12:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida daryo va soy özanlaridan noqonuniy qum-şağal qazib olişga qarşi reyd tadbirlari ötkazildi.

Samarqand tumanida olib borilgan reyd davomida tuman hududidan oqib ötuvçi Qoradaryo özanida ekskavator yordamida qum-şağal aralaşmasi yuk avtomobiliga ortilib, olib çiqib ketilayotgan paytda töxtatildi.
Şuningdek, Qöşrabot tumanida ham tuman hududidan oqib ötuvçi Buloqboşi soyi özanidan yuklagiç yordamida yuk avtomobiliga noqonuniy ravişda qum-şağal ortib ketilayotganligi aniqlanib, töxtatildi.
Har ikki holatda ham transport vositalari jarima maydoniga joylaştirilib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriladi.
