11-noyabrga ötar keçasi Toşkentda havo sifati yaxşilandi
2026-11-11 10:40:00 / Yangiliklar

Xususan, 11-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati sezilarli yaxşilandi. Keçki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “örtaça”, soat 20:00 dan keyin esa “yaxşi” darajada kuzatildi. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi tun davomida “yaşil” darajada böldi.
Havo sifatining yaxşilanişiga şimoldan kirib kelgan sovuq havo massasi, şimoli-ğarbdan esgan şamolning kuçayişi hamda yoğingarçilik ta’sir körsatdi. 10-noyabr kunning ikkinçi yarmidan boşlab jami 17,1 mm yoğin qayd etilib, yomğir havodagi PM zarraçalari miqdorining kamaytirdi.
Prognozlarga köra, bugun, 11-noyabr kuni Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça “örtaça”, milliy indeks böyiça esa “yaşil” darajada bölişi kutilmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati “örtaça” darajada saqlanişi mumkin.
