Toşkentda havo sifati "yaşil" darajaga çiqdi
2026-11-10 17:00:00 / Yangiliklar
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Xususan, oxirgi sutka davomida Örta yer dengizi, Kavkaz orqali kirib kelgan nam havo massalari Özbekiston böylab yoğingarçilik ulaşdi.

Xususan, Toşkent şahrida sutka davomida 10 mm atrofida yoğingarçilik kuzatildi. Yoğingarçilik atmosferadagi mayda PM zarralarini yuvib, uning tozalanişiga katta hissa qöşdi.
Havo massalari kirib kelişi bilan şamol tezligi ham ortib (janubi-şarq va janubdan 2,5-3,8 m/s tezlikda), mayda dispers zarralar tarqalişiga qulay şaroit yaratdi. Poytaxtda bunday havo sifati oxirgi marta 1-noyabrda qayd etilgan edi.
Ma'lumot uçun, hozirda havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd va monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda. Xususan, Ekopolitsiya tomonidan Samarqandda navbatdagi huquqbuzarlikka çek qöyildi.

