12-noyabrga ötar keçasi Toshkentda havo sifati “yaxşi” darajada saqlandi
2026-11-12 11:00:00 / Yangiliklar

Xususan, 12-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati keçki soatlarda “yaxşi” darajada böldi. Yarim tundan keyin PM zarraçalari miqdori asta-sekin oşib, havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “örtaça” darajaga ötdi. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa tun davomida “yaşil” daraja saqlandi.
Keçki soatlarda ğarbdan kirib kelgan havo massasi va şamol PM zarraçalarining tarqalişiga yordam berdi. Tunning ikkinçi yarmida şamol tezligining kamayişi, havo haroratining pasayişi, nisbiy namlikning ortişi va harorat inversiyasining şakllanişi havo almaşinuvini çeklab, PM zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga şaroit yaratdi.
Şu bilan birga, yuqori namlik ayrim monitoring qurilmalarida zarraçalar miqdorining yuqori qayd etilişiga ta’sir körsatdi.
"Ekologik monitoring milliy markazi" mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va Qibray tumani hududlarida havo sifati holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi.
Prognozlarga köra, bugun, 12-noyabr kuni Toşkent şahrida havo sifati kunduzgi soatlarda Xalqaro AQI böyiça “örtaça”, milliy indeks böyiça “yaşil” darajada bölişi kutilmoqda. Keçki soatlarda esa havo sifati “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajagaça özgarişi mumkin.



