Gender audit yakunlariga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-09-30 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda nutq so‘zlagan Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov qo‘mita tizimida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilayotganligini ta'kidladi.
"Bugungi kunda 8 ta tizim tashkilotidagi 1126 nafar xodimning 454 nafari (40 foizi) xotin-qizlardan iborat bo‘lib, 188 ta rahbarlik lavozimining 42 tasini (22 foizini) ayollar egallagan. Hududiy bosh boshqarmalarda rahbarlik lavozimlari uchun xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ularning malakasi oshirilmoqda. Shuningdek, markaziy apparat va tizim tashkilotlarining 19 nafar malakali xodimidan iborat milliy kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular “Ustoz–mentor” tamoyili asosida biriktirilgan", — dedi u.
Shuningdek, qo‘mitada xotin-qizlarning malaka oshirish ko‘rsatkichi 70 foizni tashkil etib, erkaklar orasidagi 56 foizlik ko‘rsatkichdan yuqori ekanligi qayd etildi.
Seminar davomida genderga oid auditning normativ huquqiy asoslari, davlat idoralarida genderga oid auditning asosiy tamoyillari kabi mavzularga e'tibor qaratildi. Shuningdek, gender auditining huquqiy asoslari bilan tanishish, kadrlar tanlovi, lavozimga tayinlash va malaka oshirishda teng imkoniyatlarni xolis baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.








