Ekologiya milliy qo‘mitasida gender auditi o‘tkazilmoqda
2026-08-15 15:00:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati vakillari, Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari hamda Xotin-qizlar kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruh Qo‘mitaga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ishchi guruh Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov bilan uchrashib, gender auditining maqsad va vazifalarini muhokama qildi.
Gender auditi bir oy davomida besh bosqichda amalgaoshiriladi.
Birinchi bosqich — amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar vaichki me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, gender tengligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini tahlil qilish.
Ikkinchi bosqich — xodimlarning teng huquq va imkoniyatlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq to‘lashda tenglik, kasbiyrivojlanish va xizmat faoliyatida ayollar hamda erkaklar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish.
Uchinchi bosqich — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining barcha tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirokida seminar tashkil etish. Undagender tengligi, xodimlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashva mavjud amaliyotlarni yanada takomillashtirish masalalarimuhokama qilinadi.
To‘rtinchi bosqich — Qo‘mita xodimlari o‘rtasida onlaynso‘rovnoma o‘tkazish hamda individual suhbatlar tashkil etish. Bu orqali xodimlarning fikr-mulohazalari, takliflari va mavjudmasalalar yuzasidan qarashlari o‘rganiladi.
Beshinchi bosqich — o‘tkazilgan gender auditi natijalari asosida yakuniy hisobot tayyorlash, aniqlangan holatlaryuzasidan xulosa va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.
Gender auditini o‘tkazish O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash masalalariga davlat darajasida alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodalaridan biridir.
Mazkur jarayon orqali Qo‘mitada ayollar va erkaklar uchun tenghuquq va imkoniyatlarni ta’minlash, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy va adolatli mehnat muhitini shakllantirish bo‘yicha mavjud amaliyotlar baholanadi.
Gender auditi yakunlari kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarniyanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarga yechim topishva samarali tavsiyalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.



