DIQQAT TANLOV!
2026-10-01 18:45:00 / Yangiliklar

Tanlovda belgilangan mezonlar asosida 30 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar va yoshlar iqtidorini namoyish etishlari mumkin.
Tanlov yo‘nalishlari va nominatsiyalar:
1. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi:
Maktabgacha ta’lim;
Maktablar, kollej va litseylar;
Oliy ta’lim muassasalari (OTM);
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari uchun (har bir bosqich bo‘yicha alohida).
2. “Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm.
3. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziyaga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik.
4. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziyaga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari:
Bosma o‘quv adabiyoti;
Elektron o‘quv adabiyoti.
5. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bo‘yicha eng yaxshi maqola:
Eng yaxshi ilmiy maqola;
Eng yaxshi ommabop maqola.
6. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bo‘yicha eng yaxshi bilimdon.
7. Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Qabul muddati:
Tanlov materiallari e’lon berilgan kundan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy platformasidagi http://konkurs.nhrc.uz/uz/contests havolasi orqali 15-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Topshiriladigan hujjatlar:
Ishtirok etishni rejalashtirgan talabgorlar o‘z ishlarini elektron shaklda yoki
veb-sahifalariga havola tarzida 15-noyabrdan kechiktirmay quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etishlari lozim;
Belgilangan namunadagi ariza;
Pasport yoki ID-karta nusxasi;
Ishtirokchining 1 dona 10x15 o‘lchamdagi va 2 dona 3,5x4,5 o‘lchamdagi fotosurati (elektron shaklda).
