"Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" tarixi
2025-05-17 / Voqealar taqvimi
17 may dunyo miqyosida "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" (World Telecommunication and Information Society Day) sifatida keng nishonlanadi.
Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI)tashkil topganligi va 1865 yil Parijda Xalqaro telegraf Konvensiyasi imzolangani munosabati bilan 1969 yildan boshlab 17 may "Butunjahon elektraloqa kuni" sifatida har yili katta tantana sifatida nishonlanib kelinadi. Ushbu kunni nishonlash 1973 yilda Malaga-Torremolinos shahrida bo‘lib o‘tgan XEI Muxtor konferensiyasida belgilangan.