Toshkent shahridagi Inha universitetiga Fransiyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassis talabalarga maxsus ma’ruza o‘qidi
2025-02-28 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

28-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) taniqli mehmon - sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va kibernetika sohasidagi yetakchi fransuz mutaxassislaridan biri professor Ioan Roksinni qabul qildi. Professor Roksin PhD darajasiga ega bo‘lib, o‘qituvchi va xalqaro miqyosda tan olingan tadqiqotchi olim, shuningdek, ELLIADD fanlararo laboratoriyasi direktori hisoblanadi. U raqamli aloqa, elektron ta’lim, raqamli nashriyot va kontent semantikasi bo‘yicha mutaxassis.
Ushbu tashrif davomida professor Roksin IUT talabalari uchun sun’iy intellektning kelajagi, uning ta’lim, fan va biznesga ta’siri haqida eksklyuziv ma’ruza o‘qidi. Innovatsion ishlanmalar va sun’iy intellekt istiqbollari, shuningdek, kelgusi yillarda mutaxassislarning yosh avlodini kutayotgan qiyinchiliklar va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif kampus bo‘ylab ekskursiya bilan yakunlandi, unda professor Roksin universitetning zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriyalari va infratuzilmasi bilan tanishdi. U IUT’dagi yuqori darajadagi jihozlanishni yuqori baholab, bunday ta’lim va tadqiqot sharoitlari xalqaro standartlarga javob berishini va butun dunyo mutaxassislari tomonidan yuqori baholanishini ta’kidladi.