Turkiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURKIYADAGI ELCHIXONASI
Elchixona haqida
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1991-yil 19-dekabrda Anqara shahrida imzolangan “O‘zaro munosabatlarning asoslari va tamoyillari to‘g‘risida”gi Shartnoma asosida o‘rnatilgan. Shu bilan birga, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini birinchi bo‘lib rasman tan olgan davlatlardan biri bo‘lib, bu ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam poydevorini yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi 1992-yilda ochilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Uning faoliyatining huquqiy asoslari 1995-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi ko‘chmas mulk va moliyaviy masalalar bo‘yicha Bitimda mustahkamlangan.
Elchixona siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda konsullik-huquqiy yo‘nalishlarni qamrab olgan kompleks diplomatik faoliyatni amalga oshiradi. Strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, parlamentlararo va idoralararo aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biridir. Shuningdek, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ham hamkorlik faol rivojlanib, oliy ta’lim muassasalari va yoshlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalar mustahkamlanmoqda.
Fuqarolar bilan ishlash ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, mehnat migratsiyasi masalalari, Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda konsullik xizmatlarini ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Konsullik bo‘limi Elchixona bilan bir binoda joylashgan bo‘lib, fuqarolarga hujjatlarni rasmiylashtirish, notarial xizmatlar va huquqiy maslahatlar kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.
Elchixona muntazam ravishda siyosiy-diplomatik va madaniy-ma’rifiy tadbirlar - brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil etadi. Shuningdek, Turkiyaning yirik biznes, turizm va madaniy markazlariga ishchi tashriflar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi quyidagi manzilda joylashgan: Sanchak tumani, 549-ko‘cha, 3-uy, Chankaya tumani, Anqara shahri.
Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqara shahrining nufuzli O‘ran tumanida yangi Elchixona binosi qurilishi davom etmoqda. Yangi diplomatik majmua milliy me’morchilik elementlari va zamonaviy “high-tech” uslubini uyg‘unlashtirgan holda, O‘zbekistonning jadal rivojlanishi va xalqaro obro‘sining mustahkamlanishini ifodalaydi.
Elchi
Haydarov Ilxom Utkurovich
Muloqot uchun ma’lumot
📞 +90-312 441-38-71; +90-850 305-95-48
Telegram - https://t.me/Turkiyadagi_elchixona
Instagram - https://www.instagram.com/uzembassyturkey/
Facebook - https://www.facebook.com/uzembassyturkey/
Twitter- https://x.com/uzembassyturkey
📍 06550, Sancak Mah., 549 Sokak, № 3, Yıldız - Çankaya, Ankara
Elchixona manzili



