O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Omonulla Lutfullayevich Fayziyev Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi.
O.Fayziyev ushbu tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro jurnalist ixtisosligiga ega.