Ekofaol xodim
“Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 113-F-sonli farmoyishiga muvofiq “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida Tashqi ishlar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari tomonidan Toshkent viloyati, Piskent tumani, Kelovchi MFY hududida ajratilgan 2,5 gektar yer uchastkasiga jami 21 ming tup terak ko‘chatlari ekilganligini hamda hozirda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.







Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-noyabrda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha vazirlik va idoralar xodimlari ish joylari, ta’lim, tibbiyot muassasalari, savdo shoxobchalari, hamda mahallalari va yashash joylari atroflariga kamida 1 tupdan ko‘chat ekishni tashkil qilish belgilangan bo‘lib, TIV xodimlari tomonidan bahor mavsumida daraxt ekish tadbirlari amalga oshirilgan.






