Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida
Arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida axborot
Vazirlik tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalari, boshqa vazirlik va idoralar orqali hamda bevosita Vazirlikning o‘ziga kelib tushgan barcha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4904-son farmoni talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni monitoring qilish va ijrosini doimiy ravishda nazorat qilish maqsadida vazirlikning Konsullik-huquqiy departamenti tarkibida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, xorijdagi vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlik va migratsiya masalalari boshqarmasi tashkil etilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar o’z murojaatlarini Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi usullarda yuborishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalari
- bevosita Vazirlikka tashrif buyurib 100003, Toshkent, Islom Karimov ko‘chasi 45A-uy (Vazirlikning barcha boshqarmalari shu manzilda joylashgan).
- elektron tarzda (info@mfa.uz elektron pochtasi orqali)
- telefon orqali (1164 qisqa raqami)
