Indoneziya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INDONEZIYA RESPUBLIKASIDAGI ELCHIXONASI

Elchixona haqida
Indoneziya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 28-dekabrda tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 23-iyunda o‘rnatilgan.
1994-yil may oyida Indoneziya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasi ochilgan. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi esa 1996-yil dekabr oyidan buyon Jakarta shahrida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston va Indoneziya hamda O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamda turizm sohalarida izchil rivojlanib bormoqda. Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazib kelmoqda.
2023-yil iyun oyida Indoneziya vitse-prezidenti Ma’ruf Aminning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi hamda 2025-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Jakarta shahriga tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni mazmun va mohiyat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari muhokama etildi.
Elchi
Eshonov Oybek Anvarovich
Muloqot uchun ma’lumot
📞 +62 21 722 99 18; +62 21 722 99 19
✉️ embassyuzbekistan@gmail.com
Telegram – @uzbekembassyindonesia
Instagram – Uzbekistan Embassy in Jakarta
Facebook – Uzbekistan Embassy in Jakarta
📍 Jl. Sriwijaya Raya No.30, Selong, Kec. Kby. Baru, Kota Jakarta Selatan, Daerah Khusus Ibukota Jakarta 12110, Indonesia
Elchixona manzili



