Shvetsiya Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori bilan uchrashuv o‘kazildi
2025-05-15 18:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashеv Shvetsiya Qirolligi Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori Sofiya Ostmark bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan migratsiya sohasidagi o‘zaro aloqalar va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar.
Afg‘onistondagi vaziyat va insonparvarlik yo‘nalishidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllari yuzasidan fikr almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda amaliy muloqotni yanada chuqurlashtirish borasida tomonlarning o‘zaro manfaatdorligini tasdiqladi.


