Ulsan meri Kim Du Gyom bilan uchrashuv haqida
2025-03-17 21:10:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kadrlar salohiyatini rivojlantirish, O‘zbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat obyektlariga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kim Du Gyom Koreya tarixida ilk bor O‘zbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari ko‘zda tutilayotgani haqida xabar berdi.
Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til o‘rganish kurslarini tamomlagandan so‘ng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi. Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qo‘llanilmoqda. Koreya meri, agar natija ijobiy boʻlsa, boshqa shaharlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini tushuntirdi.
Koreya tomoni O‘zbekiston tomonining Ulsan korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan bo‘lsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston fuqarolarini Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.