Istanbulda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Muvofiqlashtirish qo'mitasining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-03-12 18:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 12-mart kuni Istanbul shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari 2025-yil may oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan TDT norasmiy sammitining barcha tashkiliy-protokol masalalarini va mazmunini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, tadbir davomida tomonlar konstruktiv ruhda Turkiy hamkorlik tashkilotlarining 2025-yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqdilar va tasdiqladilar.