Saudiya Arabistonining elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-03-01 12:55:00 / Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni muhokama qildilar.
2025-yilda turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.