Xitoy Elchisi bilan uchrashuvga oid
2025-02-06 23:55:00 / Yangiliklar va voqealar
![Xitoy Elchisi bilan uchrashuvga oid](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F8d5c3bf5-79b8-629c-1cb6-0259a37a20da_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Joriy yil 6-fevral kuni Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Xitoyning O‘zbekistondagi Elchisi Yuy Szyunni qabul qildi.
Uchrashuvda o‘tgan 2024 yilda ikki davlat o‘rtasida samarali va salmoqli hamkorlik amalga oshirilgani taʼkidlandi. Shuningdek, joriy yilda kun tartibida turgan asosiy masalalar hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, taʼlim, grantlar va o‘zaro almashinuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ayollar faolligini oshirish borasida Xitoy Ayollar federatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirishga, bu borada ikki tomonlama forum va seminarlar tashkil etishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.