Misrning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-01-09 17:10:00 / Yangiliklar
8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Misrning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr almashdilar.
Elchi Toshkentning Afgʻoniston boʻyicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.