Turkmaniston elçisi bilan uçraşuv töğrisida
2026-11-18 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Şodurdi Meredov bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş masalalari qayd etildi.
Xususan, Toşkent–Aşxobod–Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş hamda çegaradoş hududlar aholisining 2004-yilgi hukumatlararo bitim doirasida nazarda tutilgan uç sutkagaça vizasiz qatnovini tiklaş masalalari muhokama qilindi.
Konsullik sohasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, vakolatli idoralar örtasida axborot almaşinuvini takomillaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqiş va amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.
