TIV rahbari Ömon va Eron taşqi işlar vazirlari bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazdi
2026-11-17 15:00:00 / Yangiliklar va voqealar

17-noyabr kuni Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Ömon Sultonligi taşqi işlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy hamda Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish va mavjud tranzit salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashilib, mavjud keskinlikni diplomatik vositalar orqali bartaraf etish va tomonlar o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish hamda mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.



