Belgiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
2026-11-12 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Belgiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Matias Kende bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Afğonistondagi joriy vaziyat, şuningdek, Afğoniston yönalişida ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini muhokama qildi.
M.Kende Özbekistonning Afğoniston böyiça yagona mintaqaviy pozitsiyani şakllantiriş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Uçraşuv konstruktiv ruhda ötib, Toşkent va Bryussel örtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirişdan özaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
