TIVda Gruziyaning Özbekistondagi elçisi bilan uçraşuv bölib ötdi
2026-11-12 16:00:00 / Yangiliklar va voqealar

12-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi David Kotaria bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston-Gruziya hamkorligining konsullik-huquqiy va migratsiya sohalaridagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Gruziyada Özbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, konsullik-huquqiy yordam körsatiş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda ikki mamlakat vakolatli organlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar fuqarolarning migratsiya qonunçiligi talablari, mamlakatga kiriş va unda böliş qoidalari, şuningdek, noqonuniy migratsiyaning oldini oliş çoralari yuzasidan xabardorligini oşiriş muhimligini ta’kidladilar.
Şu maqsadda aholi örtasida tizimli ravişda axborot-tuşuntiriş işlarini olib borişga qaratilgan qöşma media-reja işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda ikki tomonlama konsullik maslahatlaşuvlari doirasida konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
