Qozoğiston elçisi bilan uçraşuv töğrisida
2026-11-11 18:25:00 / Yangiliklar va voqealar

11-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Qozoğiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Yerali Tugjanov bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, fuqarolarning özaro safarlarini yengillaştiriş hamda davlat çegaralarini kesib ötişdagi tösiqlarni bartaraf etişga oid ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, fuqarolarning özaro safarlari tartibini soddalaştiriş, jumladan, davlat çegarasini ID-kartalar asosida kesib ötiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi. Qozoğiston tomonidan joriy etilayotgan “QazETA” elektron kiriş ruxsatnomasi tizimi doirasida Özbekiston fuqarolari uçun ayrim imtiyozlar nazarda tutiş imkoniyati alohida körib çiqildi.
Şuningdek, Özbekiston fuqarolarini Qozoğistonda taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş, bu boradagi şartnomaviy-huquqiy bazani takomillaştiriş hamda fuqarolarning har ikki mamlakat hududida bölişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar mazkur yönalişlarda konstruktiv muloqotni davom ettiriş va amaliy hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
