Özbekiston – Bahrayn siyosiy maslahatlaşuvlarning ilk davrasi Manamada bölib ötdi
2026-11-02 10:50:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 1-noyabr kuni Manama şahrida Özbekiston Respublikasi va Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi davrasi bölib ötdi.
Delegatsiyalarga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahromjon A’loyev va Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vaziri örinbosari Abdulloh bin Ahmad Ol Xalifa boşçilik qildi.
Muzokaralarda ikki davlat örtasida siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş, xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
