Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-10-23 20:30:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak muzokaralar va qo‘shma tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ularning mazmun mohiyatini aniq amaliy natijalar bilan boyitish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mavjud hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish, siyosiy muloqotni izchil davom ettirish hamda savdo-iqtisodiy va boshqa ustuvor sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga kelishib oldi.
