Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari
2026-10-23 15:15:00 / Yangiliklar va voqealar
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda mavjud muammolarga manzilli yechimlar topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Sayyor qabul”larni o‘tkazish davom etmoqda.
Navbatdagi qabul:
26-oktabr – Jizzax shahri
Vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi binosi
Batafsil ma’lumot uchun:
Tel:. +998 97 136-51-51
Mazkur sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishlari mumkin.
