Eron Elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-10-23 20:05:00 / Yangiliklar va voqealar
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari kun tartibida turgan masalalar muhokama qilindi, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda dolzarb mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.
