Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bayonoti
2026-10-22 23:05:00 / TIV bayonotlari
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangi Boş kotibini tayinlaş jarayoni global çaqiriqlar kuçayib borayotgan şaroitda BMT nufuzini mustahkamlaş va uning faoliyati samaradorligini oşirişda alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Birlaşgan Arab Amirliklarining davlat vaziri, BMT huzuridagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nusaybani Taşkilot Boş kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari suriş töğrisidagi qarorini olqişlaydi.
BMTning yangi Boş kotibi yuksak kasbiy mahorat, boy diplomatik tajriba va xalqaro tinçlik hamda xavfsizlikni saqlaş, şuningdek, barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarini birlaştiriş qobiliyatiga ega bölişi lozim, deb hisoblaymiz.
