Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuvga oid
2026-10-08 17:45:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shayx Holid al-Maslahiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda turli darajalarda boʻlajak qoʻshma tadbirlarning jadvali va kun tartibi koʻrib chiqildi.
