Iordaniya bilan o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasiga oid
2026-10-07 21:00:00 / Yangiliklar va voqealar
2026-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi 3-davrasi boshqarma boshliqlari darajasida bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida mintaqadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
