Eron elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-10-05 19:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
