Eron elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-07-20 12:10:00 / Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
